AGI MARKALI SALNIKLI NABIVKA
| № | Mahsulot nomi | O‘lchamlari | O‘lchov birligi | QQS bilan narxi | Ishlab chiqarish |
|---|---|---|---|---|---|
| 1 | AGI markali salnikli nabivka | 4x4 - 5x5 | kg | 187 550 | Rossiya, "UralATI" OAJ |
| 2 | AGI markali salnikli nabivka | 6x6 - 14x14 | kg | 187 550 | Rossiya, "UralATI" OAJ |
| 3 | AGI markali salnikli nabivka | 16x16 - 28x28 | kg | 193 600 | Rossiya, "UralATI" OAJ |
| 4 | AGI markali salnikli nabivka | 30x30 - 36x36 | kg | 193 600 | Rossiya, "UralATI" OAJ |
AGI MARKALI SALNIKLI NABIVKA – bu dumaloq yoki kvadrat shaklidagi kesimga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan to‘qilgan elastik shnurdir. AGI salnikli nabivkasi asbest iplardan to‘qilgan bo‘lib, ularni shimdirish uchun yopishqoq grafit saqlovchi aralashmadan foydalanilgan. Bundan tashqari, uning tarkibiga korroziya ingibitori (sekinlashtiruvchisi) bo‘lgan qo‘shimcha kiradi. Ushbu turdagi salnikli nabivkaning tarkibi uning nomlanishida aks etgan bo‘lib, buni AGI abbreviaturasining kengaytmasi tasdiqlaydi (Asbestli Grafit saqlovchi Ingibirlangan). AGI salnikli nabivkasi bir nechta funksiyani bajaradi: salniklarni, mos ravishda ular o‘rnatilgan uskunaning uzel va qismlarini zichlaydi/germetizatsiyalaydi hamda ularni ifloslanishdan himoya qiladi.
BATAFSIL TEXNIK TAVSIF
AGI salnikli nabivkasi yordamida gaz tarmog‘i va neftni qayta ishlash, atom sanoati va issiqlik energetikasi, kimyo sanoati, avtomobilsozlik va mashinasozlik, oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika sohasi, kommunal xo‘jaliklar va boshqa sohalarda qo‘llaniladigan turli apparatlardagi nasoslar, kompressorlar, armaturalar, avtoklavlar, shuningdek, qo‘zg‘almas birikmalar zichlanadi. Bular AGI salnikli nabivkasi qo‘llaniladigan sohalarning faqat ba’zilaridir. U yuqori harorat, bosim va kimyoviy agressivlik sharoitida birikmalarning ishonchli zichlanishi talab qilinadigan boshqa tarmoqlarda ham ishlatilishi mumkin.
| Nomi | Xarakteristikalari |
|---|---|
| AGI | To‘qilgan, grafit bilan yelimlab shimdirilgan, ingibirlangan. Zichligi 0.9 g/cm³ dan kam emas. |
Salnikli nabivkalarning qo‘llanilishi:
| Ishchi muhit | Muhitning pH ko‘rsatkichi | Muhitning maksimal ruxsat etilgan bosimi, MPa | Muhitning maksimal ruxsat etilgan harorati, °C | Sirpanish tezligi, m/s | Zichlash uzeli |
|---|---|---|---|---|---|
| Havo, azot, inert gazlar | 4 - 14 | 20.0 | 325 | 2 | Armatura |
| Suv bug‘i | 4 - 14 | 35.0 | 565 | 2 | Armatura |
| Neft mahsulotlari | 4 - 14 | 32.0 | 450 | 2 | Armatura |
| Suv, oziqlantiruvchi suv | - | 2.0 | 70 | 25 | Nasoslar |
| Organik mahsulotlar | 4 - 14 | 38.0 | 280 | 2 | Armatura |
| Organik mahsulotlar | - | 38.0 | 280 | 15 | Nasoslar |
| Suyuq va gazsimon ammiak | 4 - 14 | 32.0 | -70 dan +150 gacha | 2 | Armatura |
| Suyuq va gazsimon ammiak | - | - | - | 15 | Nasoslar |
| Suyuq va gazsimon neft mahsulotlari hamda agressiv muhitlar | 4 - 14 | 37.0 | 600 | - | Apparatlarning qo‘zg‘almas birikmalari |
Kesimi D х D bo‘lgan nabivkaning 1 pogon metri vazni (grammda) quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: P*D*D, bu yerda P – nabivkaning zichligi.
Boshqa mahsulotlar ushbu turkumda
Qo'ng'iroq buyurtma qilish
Ma'lumotlaringizni qoldiring va biz tez orada siz bilan bog'lanamiz
Buyurtma yuborildi!
Buyurtmangiz uchun rahmat. Tasdiqlash uchun tez orada siz bilan bog'lanamiz.